+998 71 200 02 35

“Huquqiy fanlarni o‘qitish metodikasi” mavzusida xalqaro trening o‘tkazildi

13.01.2026 95

Institutda “Huquqiy fanlarni o‘qitish metodikasi” mavzusida xorijiy mutaxassis — Edvardas Juchnevicius ishtirokida trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Trening davomida huquqiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlardan foydalanish, talabalarda tanqidiy va huquqiy fikrlashni shakllantirish, shuningdek amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy mutaxassis tomonidan huquqiy ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar, real misollar asosida samarali metodik usullar taqdim etildi hamda ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.

Mazkur trening professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, huquqiy ta’lim sifatini yanada takomillashtirish hamda xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi.