Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Hududiy adliya boshqarma boshliqlari birinchi o‘rinbosarlarining qonunchilikdagi yangiliklar hamda biriktirilgan sohalar faoliyatiga rahbarlikni amalga oshirish borasidagi malakalarini oshirishga mo'ljallangan dars mashg'ulotlarimizga start berildi.
Kursdan ko'zlangan maqsad — Qonunchilikdagi muhim yangiliklar, biriktirilgan sohalar faoliyatida rahbarlikni amalga oshirish, boshqaruvda tizimli tahlil va qaror qabul qilishning zamonaviy usullari, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash, hamda sohaga oid boshqa mavzular yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni shakllantirish.