+998 71 200 02 35

Hashar-elga yarashar

21.08.2021 11895

Obod yurtning fayzi, tarovati o’zgacha bo’ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada ko’rkam bo’lishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim o’rin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz bo’ylab umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o’tkazilmoqda. 

Hukumat farmoyishiga asosan sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, yurtimiz bo’ylab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida 2021 yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.

 

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi rahbar va xodimlari o’z ixtiyorlari bilan ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etdilar.

Markaz xodimlari hasharni bino atrofiga gul ko’chatlari va manzarali daraxt ko’chatlari ekish bilan boshladi. Atrof supurib-sidirildi, chang g’uborlardan tozalandi, daraxtlar oqlandi.

Ushbu targ’ibot-tashviqot tadbirlarida joylarda ish beruvchilar tomonidan hasharda ko’zda tutilgan ishlar uchun ishchilarni majburiy tarzda jalb etishga mutlaqo yo’l qo’yilmaydi, aks holda mutasaddilarga nisbatan jazo choralari qo’llanadi.

Yurtning obod bo’lishiga o’zining munosib hissasini qo’shishni insoniy burchi deb bilgan Markaz xodimlari ayni damda hasharni davom ettirmoqdalar. Bugun chindan ham hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatligimiz ramzi ekanini yana bir karra namoyon etmoqda