+998 71 200 02 35

Faxriylar va yoshlar uchrashuvi

25.10.2023 1432

Yuristlar malakasini oshirish markazida “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan ma’daniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda Yuristlar malakasini oshirish markazi faxriylari va Markazda faoliyat yuritib kelayotgan  yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Faxriylar kengashi raisi Xayriddin Fayziev keksa avlod vakillariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish milliy qadriyatlarimizdan ekanini ta’kidlab, ularning uzoq yillik samarali xizmatlari davomida orttirgan tajribalari, jasorati va fidoyiligi o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida alohida o‘rin tutishini, ibratli hayot yo‘llari esa yoshlarda g‘ayrat-shijoatni, elu yurtidan g‘ururlanish tuyg‘usini kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Faxriylar xizmat va hayot tajribalari bilan yaqindan o‘rtoqlashishdi. Ular yosh avlod vakillarining qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar qaytardi.