So‘ngi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib kelmoqda. Ularning samarali bo‘lishi, birinchi navbatda, mazkur sohaga oid huquqiy asoslarning yaratilishi va ularda aniq yo‘nalish va vazifalar belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Joriy yilning 23-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armasi bilan hamkorlikda “Davlat muassasalarida korrupsiyaning oldini olish sohasidagi tizimli islohotlar asosida yuridik kadrlarning malakasini oshirish” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda soha bo‘yicha Germaniya va Singapur ekspertlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda sud-huquq sohasidagi milliy muassasalar vakillari ishtirok etishdi.
Konferensiya maqsadi - aholi va davlat xizmatchilarining huquq sohasidagi bilim va malakasini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, yosh avlodni korrupsiyaga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash, korrupsiyaga qarshi kurashishning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini, shu jumladan, xorijiy tajribani o‘rganishdan iborat.
Xalqara ilmiy-amaliy konferensiya yakunida korrupsiya qarshi kurash sohasida aholi va davlat xizmatchilarining bilim va malakasini oshirish, sohaga oid huquqiy ta’lim va tadqiqotni rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.