+998 71 200 02 35

Buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy seminar tashkil etildi

12.02.2024 934

Joriy yilning 12-fevral kuni Yuristlar malakasini oshirish markazining Oʻquv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi, Fan, innovatsiya va taʼlim dasturlarini ishlab chiqish boʻlimi va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ Yuridik departmenti bilan hamkorlikda amaliy onlayn seminar boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda hamkorlikning istiqbollari hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ yuridik xizmati xodimlarining (yuriskonsultlar) malakasini oshirish o'quv kurslarini samarali tashkil qilish, ushbu o'quv kurslar bo'yicha o'quv dasturlariga kiritiladigan mavzular muhokama qilindi.

Seminarda “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ Yuridik departmenti direktor oʻrinbosari T.Aliyev ishtirok etdi.