+998 71 200 02 35

Adliya muassasalari oʻrtasida “Adliya spartakiadasi” oʻtkazildi

11.09.2023 1333

Adliya vazirligi tizimida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, xodimlar oʻrtasida sportni yanada ommalashtirish, ularning salomatligini mustahkamlash, sport bilan muntazam shugʻullanishini ragʻbatlantirish, shuningdek xodimlar oʻrtasida jamoaviy va doʻstona muhitni shakllantirish maqsadida joriy yilning 8-10-sentabr kunlari adliya muassasalari  oʻrtasida birinchi marta   “Adliya spartakiadasi” tashkil  qilindi. 

Adliya spartakiadasida sportning 9 turi boʻyicha 9 ta adliya muassasalari oʻzaro bahs olib bordi.

Hotin-qizlar sportning darts, badminton, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat hamda shashka kabi sport turlarida, erkaklar esa mini-futbol, armrestling, yengil atletika, shaxmat hamda shashka kabi sport turlarida bellashishdi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan  shashka musobaqasi natijalari:

2-oʻrin Shaxzoda Abdullayeva;

va badminton musobaqasi natijalari:

3-oʻrin Dilorom Shoyunusova