+998 71 200 02 35

XUSUSIY-HUQUQIY FANLAR KAFEDRASI


Maripova Sevarxon Aribjanovna

Kafedra mudiri vazifalari

Maripova Sevarxon Aribjanovna 1996 yilda Toshkent davlat yuridik unistitutinini imtiyozli tarzda tamomlagan. 2001 yildan TDYuI asperanturasini tamomlab o’zining pedagogik faoliyatini boshlagan. 2013 yildan Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi kafedra dorsenti vazifasini bajaruvchi, 2018 yildan esa kafedra mudiri vazifasida faoliyat olib bormoqda.O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyas rasisining o’rinbosari. Professional mediator. 2003 yildan advokatlik faoliyati bilan shug’illanib keladi. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2020 yil 30 noyabrdagi    635-sonli buyrug’iga asosan “Adliya a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.

   - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Quchqarov Xamidullo Abdurasulovich

Vazifalari

Uning 30 dan ortiq ilmiy asarlari o`zbek, rustillarida, shu jumladan xorijda chop etilgan.Quchqarov Xamidullo Abdurasulovich 1979 yilda Andijon viloyatida tug`ilgan. 2004 yilda Namangan davlat universitetining “Huquqshunoslik” fakultetini, 2006 yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistraturasini tamomlagan.X.Quchqarov 2019 yilda “Fuqarolik prosessida ishlarni soddalashtirilgan tartibda ko`rishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida 12.00.04– Fuqarolik prosessual huquqi. Xo`jalik prosessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediasiya ixtisosligi bo`yicha yuridik fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD)  dissertasiyasini himoya qilgan. X.Quchqarovning 50 dan ortiq ilmiy, o’quv-uslubiy adabiyotlar chop etilgan bo’lib, shulardan: 1 ta darslik (hammualliflikda), 4 ta o’quv qo’llanma (3 tasi xammualiflikda), 2 ta o’quv-uslubiy qo’llanma (hammualliflikda), risola, va ilmiy maqolalar ular o’zbek, ingliz va rus tillarida chop etilgan. Ayni vaqtda X.Quchqarov tomonidan “Fuqarolik prosessida majburlov choralari”, “Mehnatga oid nizolarni mediasiya tartib taomili asosida hal etish”, “Mehnatga oid nizolarni sudda ko’rishning alohida prosessual xususiyatlari” mavzularida ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

   - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Murotov Jurabek Safarovich

Murotov Jurabek Safarovich 1980 yilda Buxoro viloyatida tug’ilgan. 2003 yilda Jahon iqtisodi va diplomatiya universitetining “Xalqaro huquq” fakultetini, 2005 yilda Toshkent davlat yuridik institutining magistraturasini tamomlagan. 2006 yilda o’z mehnat faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish boshqarmasi katta maslahatchisi, Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va bir qator davlat boshqaruvi organlarida mehnat faoliyatini davom ettirgan xususan, Tashqi ishlar vazirliginin shartnoma-huquq boshqarmasi, Davlat soliq qo’mitasining yuridik bo’limi boshlig’i. Ayni vaqtda J.Murotov tomonidan “Firma nomlariga bo’lgan huquqlarni fuqaroviy-huquqiy tartibga solish masalalari”mavzusida ilmiy- tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

   - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Usmonov Vosid Muxammadiyevich 

Usmonov Vosid Muxammadiyevich 1986 yil Samarqand  viloyati tavallud topgan. 2009 yil Toshkent davlat yuridik institutini bakalavr, 2011 yilda Toshkent davlat yuridik institutini magistratura bosqichini tomomlagan. 2014 yildan pedagogik faoliyatini Respublika ixtisoslashtirilgan futbol maktab-internatida o’qituvchilikdan boshlagan. V. Usmonov 2020 yilda “Xo’jalik shartnomalarini tuzish va rasmiylashtirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusida 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi.  Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi bo’yicha yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini himoya qilgan. 2020-2020 yy oktyabr-dekabr O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazining kabinet mudiri lavozimida ish boshlagan. 2020-2021 yy Yuristlar malakasini oshirish markazining “Tahririy-nashriyot bo’limi” bosh mutaxassisi. 2021-2021 yy mart-sentyabr Yuristlar malakasini oshirish markazining “Kasbiy ko’nikmalarni rivojlantirish” kafedrasi o’qituvchisi 2021 yildanYuristlar malakasini oshirish markazining “Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda.

   - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

Nasullaev Mubin Nutfullaevich

Nasullaev Mubin Nutfullaevich, yuridik fanlari nomzodi, dotsent, Qishloq xo‘jaligi vazirligi bosh boshqarmalarida va Ijtimoiy  ta’minot vazirligida katta huquq maslahatchisi, Toshkent Davlat universiteti huquqshunoslik fakultetida o‘qituvchi, Toshkent davlat yuridik institutida katta o‘qituvchi, Oliy xo‘jalik sudi sudyasi, Qashqadaryo viloyati xo‘jalik sudining raisi, Oliy xo‘jalik sudi Tashkiliy-nazorat boshqarmasi boshlig‘i, Sud amaliyotini umumlashtirish bo‘limi bosh maslahatchisi, O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti dotsenti lavozimlarida faoliyat olib borgan. Hozirgi paytda Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish Markazining dotsenti va advokatlik byurosi advokati vazifalarida ishlab kelmoqda. 12.00.03, 12.00.04 ilmiy mutaxassisliklari bo‘yicha “Yuridik faktlarni belgilash bo‘yicha alohida tartibda ish yuritish” mavzusiga oid dissertatsiya tadqiqot ishlarini bajargan

   - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - - -

 Kafedra oʼz faoliyatida Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʼzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligining qaror va boʼyruqlari, kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga oid vazirliklar va boshqa idorlarning normativ-huquqiy hujjatlari, Markazning qaror va boʼyruqlari hamda Nizomiga amal qiladi.

Kafedra faoliyatining asosiy yoʼnalishlari:

- Fuqarolik huquqi

- Fuqarolik protsessual huquqi

 - Iqtisodiy protsessual huquqi

- Maʼmuriy sudlarda ish yuritish 

- Xakamlik jarayoni

- Mediatsiya

- Tadbirkorlik huquqi

- Mehnat huquqi

- Ijtimoiy taʼminot huquqi

- Oila huquqi

- Uy-joy huquqi

 - Yer huquqi

- Notarial faoliyatining huquqiy maqomi

- Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatining huquqiy maqomi

- Аdvokatura faoliyatining huquqiy maqomi

-Yuridik xizmat faoliyati huquqiy maqomi

- Mediatsiyaning huquqiy asoslari boʼyicha

Kafedrada huquqning boshqa tarmoqlari boʼyicha hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari, fuqarolik-huquqiy fanlari qonunchiligi sohasidagi yangiliklar va oʼzgarishlar maʼruza, amaliy mashgʼulot, seminar va trening sifatida oʼtiladi.

Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi tinglovchilarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʼyicha oʼquv-uslubiy va ilmiy-uslubiy ishlarni amalga oshiradi.

 

Kafedraning telefon raqami: + 99871 234-52-79.