2022-yil 17-oktabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti rahbariyati va mas’ul xodimlari uchun “Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyati: muammo va yechimlar” mavzusida o‘quv –seminar tashkil qilindi.
O‘quv seminarida IIV Malaka oshirish institutining rahbarlari va mas’ul xodimlari hamda Markaz professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.
Seminarda Markaz direktori Sh.Rabiev Yuristlar malakasini oshirish markazining faoliyati va takomillashtirish istiqbollari, faoliyatni isloh qilish va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida gapirib o‘tdi.
Shuningdek, Adliya organlari va muassasalari xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirishga qaratilgan “Uzluksiz kasbiy rivojlanirish platformasi”, Uzluksiz kasbiy rivojlanirish platformasi”, uning maqsadi va vazifalari hamda imkoniyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.
O‘quv-seminari davomida ishtirokchilarga Markazning tuzilmasi va tarkibiy bo‘linmalarning ish faoliyati tanishtirildi.
Institutning kafedralari va tegishli bo‘limlariga o‘quv jarayonini, shu jumladan, masofaviy ta’lim va to‘lov-shartnoma asosida o‘qishlarni, ilmiy-tadqiqot va noshirlik faoliyati, Axborot-resurs markazlari faoliyatini samarali tashkil qilish bo‘yicha metodik tavsiyalar berildi.
O‘quv-seminari yakunida Malaka oshirish instituti va Yuristlar malakasini oshirish markazi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi imzolandi.
Institut va Markazning turdosh tarkibiy tuzilmalarining o‘zaro hamkorlik faoliyati masalalari kelishib olindi.