Joriy yilning 1-mart kuni Yuristlar malakasini oshirish markazida “YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH ISTIQBOLLARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Unda davlat organlari va tashkilotlariga professional yuridik xizmat ko‘rsatishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar faoliyatini huquqiy jihatdan taʼminlashdagi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish istiqbollari va markazlar faoliyatini takomillashtirish masalalari tahlil qilindi.