+998 71 200 02 35

YUNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi

20.01.2025 66

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda  YUNICEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan  maqsad  O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va YUNISEFning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi o‘rtasida 2024–2025-yillarga mo‘ljallangan ish rejasining Markazga tegishli bandlarini birgalikda amalga oshirilishi yuzasidan muzokara olib borishdan iborat. 

Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Y.Kanyazov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i Sh.Abdullayeva, bosh mutaxassis O.Ismatov hamda  YUNISEFning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi vakillari  A.Lyudeke va S.Axayevalar ishtirok etishdi.

Tomonlar istiqboldagi qo'shma tadbirlar, bola huquqlarini himoya qilish hamda ushbu sohada faoliyat yurituvchi yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini yanada rivojlantirish  bo‘yicha kelishib olishdi.