+998 71 200 02 35

"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida tadbir tashkil etildi

21.11.2024 424

Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-o'qituvchi va xodimlari uchun "Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida  o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Mashg'ulot Mirzo Ulug'bek tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Katta inspektori Boburjon Abdijabborov tomonidan olib borildi.

Unda ish o‘rinlarida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish choralari va yong‘in o‘chirish moslamalarining ishlatilishi tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Ma'lumot uchun: yurtimiz bo'ylab favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in xavfsizligi oyligi" e'lon qilingan