+998 71 200 02 35

Yaponiya davlatida malaka oshirish amaliyoti boshlandi

20.11.2023 1536

Joriy yilning 17-24-noyabr kunlari O‘zbekiston notariuslari va Markaz xodimlaridan tashkil topgan tinglovchilar uchun Yaponiya davlatida malaka oshirish amaliyoti tashkil etildi.

Mazkur o‘quv safarida 23 nafardan iborat notariuslar delegatsiyasi Yaponiya davlatiga yuborildi. Guruh rahbari sifatida Yuristlar malakasini oshirish markazi direktor o‘rinbosari Kenja Islamov kuzatib bormoqda.

Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad - Markazning ilmiy akademik aloqalarini kengaytirish, o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini rivojlantirish hamda xodimlarning malakasini oshirishni amalga oshirishdan iborat.

Tashrif davomida Yaponiya adliya va notariat tizimi bilan yaqindan tanishish, Yaponiya notariuslari bilan tajriba almashish, Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti yetakchi o‘qituvchilarining ma’ruzalarini o‘tkazish, Institut faoliyati va xodimlari bilan uchrashish, Yaponiya Adliya vazirligiga, Yaponiya notariuslar Milliy Assosiasiyasiga va notarial idoraga tashriflar rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun - joriy yilning 18-may kuni “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida Yuristlar malakasini oshirish markazi va Yaponiya Adliya vazirligining ilmiy-tadqiqot va taʼlim instituti oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallangan “Hamkorlik dasturi”ni imzolanish marosimi boʻlib oʻtdi.