Yuristlar malakasini oshirish markazida Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun “Professional xizmat koʻrsatish, samarali muloqot psixologiyasi, shaxsiy intellektual rivojlanish” boʻyicha oʻquv kurslar boshlandi.
Oʻquv kursining maqsadi Davlat xizmatlari markazi xodimlarining psixologiya yoʻnalishida shaxs sifatida takomili, jamoada shaxsiy imidjini shakllantirishi, rivojlanishda toʻsiqlarni bartaraf etish, barcha sohalarda fuqarolar bilan samarali muloqotni oʻrnatish, jamoada ishni toʻgʻri tashkil etish kabi yoʻnalishlar boʻyicha malakalarini oshirishdan iborat.
Mashgʻulotlar amaliyotchi psixolog D.Xojimuxamedova tomonidan onlayn shaklda olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun: malaka oshirish kurslari 2022-yil 4 -apreldan 30-iyungacha davom etadi.