+998 71 200 02 35

Yangi yoʻnalishdagi kreativ oʻquv kurslarimiz boshlandi

08.04.2022 2251

Yuristlar malakasini oshirish markazida  Davlat xizmatlari markazi xodimlari uchun “Professional xizmat koʻrsatish, samarali muloqot psixologiyasi, shaxsiy intellektual rivojlanish” boʻyicha oʻquv kurslar boshlandi.

Oʻquv kursining maqsadi  Davlat xizmatlari markazi xodimlarining psixologiya yoʻnalishida shaxs sifatida takomili, jamoada shaxsiy imidjini shakllantirishi,  rivojlanishda toʻsiqlarni bartaraf etish, barcha sohalarda fuqarolar bilan samarali muloqotni oʻrnatish, jamoada ishni toʻgʻri tashkil etish kabi yoʻnalishlar boʻyicha malakalarini oshirishdan iborat. 

Mashgʻulotlar amaliyotchi psixolog D.Xojimuxamedova tomonidan onlayn shaklda olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun: malaka oshirish kurslari 2022-yil 4 -apreldan  30-iyungacha davom etadi.