+998 71 200 02 35

“Xodim malakasi samaradorlik kafolati” nomli yangi shakldagi qisqa muddatli kursga start berildi

25.02.2024 1034

Yuristlar malakasini oshirish markazi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Hududiy adliya organlari faoliyatini samaradorligini 2023-yil yakunlari boʻyicha baholash natijalari” tahlilidan kelib chiqib, past koʻrsatkichlarga yoʻl qoʻyilgan sohalar boʻyicha xodimlarning malakasini oshirish maqsadida alohida oʻquv dasturlari asosida sayyor qisqa muddatli kurslarni tashkil etishni yo'lga qoʻyildi.    

Joriy yilda oʻtkazilgan dastlabki kursimiz “Moddiy xususiyatga ega boʻlgan daʼvo arizalarini tayyorlash, sudlarga kiritish va qanoatlantirilishini taʼminlash asoslari”ga bagʻishlandi. Mashgʻulotlar YMOM malakali oʻqituvchisi va tajribali amaliyotchi M.Saidov tomonidan olib borildi. 

Unda boshqarma va tuman adliya boʻlimlarining 30 nafardan ortiq xodimlari ishtirok etishdi.