Bugun, Tojikiston Respublikasi Adliya vazirligi va Adliya vazirligining Malaka oshirish instituti vakillaridan iborat delegatsiya Yuristlar malakasini oshirish markaziga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv mehmonlar bilan ochiq muloqot tarzida o'tgan davra suhbati bilan boshlandi. Unda soʻzga chiqqanlar oʻzlarining kasbiy tajribalari bilan yaqindan boʻlishdilar.
Soʻngra delegatsiya a'zolari Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Jumladan, axborot-resurs markazi, o'quv auditoriyalari, majlislar zali hamda Uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasi haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
Tomonlar taʼlim turining kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdek noyob yoʼnalishidagi faoliyatlarimizni yanada samarali amalga oshirish uchun oʼzaro tajriba almashinuv va yaqin xamkorlikni yoʼlga qoʼyilishiga kelishib olishdi.