O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 41- moddasida “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir” deb belgilab qo‘yilgan. Ushbu tamoyilga muvofiq mamlakatimizdagi ta’lim muassasalari dalat byudjetidan moliyalashtiriladi.
Taraqqiyotning yangi bosqichida ta’lim tizimi barqaror rivojlanmoqda, O‘zbekistonning jahon xamjamiyatida munosib o‘rin egallashi, uning jadal ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishidagi muhim omil rolini bajarmoqda. Shu bilan birgalikda, mamlakatning jadal taraqqiyot bosqichiga qadam qo‘yishi, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining chuqurlashuvi sharoitida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, uning xarajatlarini optimallashtirish zaruriyati vujudga keldi. Tahlillar tasdiqlaydiki, ta’lim tizimida byudjet mablag‘laridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish xollari uchramoqda. Buning asosiy sababi, ta’lim muassasalarini moliyalashtirish va davlat moliyaviy nazorati tizimiga oid bo‘lgan normativ huquqiy asoslarning mukammal emasligidadir. Shuningdek, byudjet mablag‘larining xarajati, sarflanishi va undan samarali foydalanish tizimi ustidan monitoring olib boradigan muassasa, bu davlat moliyaviy nazoratidir. Bunday sharoitda davlat moliyaviy nazorati tizimida samaradorlik kutilgan darajada emas. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ta’lim tizimida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalarini yoritib bergan va ushbu jarayonda davlat moliyaviy nazorati mazmuni, moxiyati, maqsadlari, uning natijalariga bag‘ishlangan kompleks, chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Nazorat tadbirlarini o‘tkazishning zamonaviy uslublari to‘liq ishlab chiqarilmagan, davlat va nodavlat moliyaviy nazorat tizimi o‘rtasidagi xamkorlik, davlat moliyaviy nazorati tadbirlariga mustaqil auditorlarni ishtiroki va ularning materiallardan foydalanish jarayonida kamchiliklar mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi, ta’lim vazirligi, oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, moliya vazirligi faoliyati bilan bog‘liq manbalar va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan davlat moliya nazorati, ya'ni ta’lim tizimida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish tizimini tadqiqi tashkil qiladi. Shu munosabat bilan qayd qilish lozimki, ta’lim tizimida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish jarayonida davlat moliya nazoratining nazariy asoslarini kompleks o‘rganish, uning yaqin kelajakdagi imkoniyatlarini asoslash muhim amaliy ahamiyatga ega. Hozirgi sharoitda, davlat moliyaviy nazoratining institutsional asoslarini, huquqiy va normativ aktlarni umumlashtirish va tahlil qilish asosida davlat moliyaviy nazoratining ta’lim tizimidagi samaradorligini oshirishga doir tadqiqot ishlarini olib borish va takliflar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi. Ta’kidlash lozimki, davlat moliyaviy nazoratining metodik asoslarining takomillashtirilishi, ta’lim tizimida byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish jarayoni bilan chambarchas bog‘liqdir. Mamlakat taraqqiyotining moderinizatsiyalashuvi davlat moliyaviy nazorati va nodavlat nazorat institutlari bilan aloqalarini muqobillashtirish vazifasini ilgari surdi. Shuning uchun xam, ta'lim tizimida byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini aniqlashda, davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarda, nodavlat auditorlarning ishtiroki, ularning materiallaridan foydalanish muxim axamiyat kasb etadi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, davlat moliya nazoratini amaliy va nazariy vazifalariga doir, xamda byudjet mablag‘larini ta’lim tizimida samarali foydalanishga doir mustaqil xulosalar va takliflar tayyorlandi. Mamlakatning yangi taraqqiyot bosqichida, ko‘p ukladli mulk shakllari kengaymoqda. Moliya ishi usullari takomillashmoqda. Ushbu jarayonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga oid normativ xujjatlar qo‘llanilmoqda. Bunday sharoitda, ta’lim tizimida davlat moliya nazoratini olib borish bozor iqtisodiyoti isloxotlari maqsadiga mos bo‘lishi lozim. Tadqiqot natijalari ko‘rsatadiki, ta’lim tizimidagi byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishda qo‘llanilayotgan usullarda kompleks yondashuv yetishmaydi. Bizning fikrimizcha, mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish uchun, davlat moliya nazoratining asoslarini ilmiy jixatdan chuqur tadqiq qilish lozim va uni qabul qilinayotgan qonunlarda aks ettirish lozim. Bunday jarayon mazuga doir ilmiy adabiyotlarda davlat va nodavlat moliya nazorati xaqidagi turli yondashuvlarni yagona fikrga birlashtiradi. Shuningdek, davlat moliya nazoratining tashqi, ichki moliyaviy nazorat, dastlabki, joriy, yakuniy nazorat tizimi shakllantirildi.
Xulosa sifatida qayd qilish lozimki, ta’lim tizimidagi davlat moliya nazorati, markazlashgan byudjet tizimini boshqarishning muhim shaklidir. Bu jarayon, davlat moliya nazoratini amalga oshirishga davlatning maqsadli dasturlari, yo‘l xaritasini bajarishda muxim rol o‘ynaydi, moliyaviy barqarorlikni va moliya tizimiga doir qonunchilikni ta'minlaydi. Davlat moliya nazorati ta’lim tizimida byudjet mablag‘larini foydalanish jarayonida sodir bo‘layotgan kamchiliklarni aniqlaydi, javobgar shaxslar tomonidan qonunchilikni buzish xolatlarini tahlil qiladi va uning sabablarini ko‘rsatib beradi. Davlat moliya nazoratining muhim jihati ta'lim tizimida yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni asoslab beradi va javobgar shaxslarni jazoga tortish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi. Davlat moliya nazorati ta’lim tizimida byudjet mablag‘larini foydalanishni tahlil qilish jarayonida, tashqi, ichki, dastlabki, joriy va yakuniy shaklda o‘tkazilishi mumkin. Shuningdek, ta’lim tashkilotlarining moliyaviy faoliyati ya'ni, byudjet, soliq, bojxona, valyuta, kredit, investitsiyalar va boshqa jixatlari o‘rganilishi mumkin. Davlat moliya nazorati usullari sifatida moliyaviy xolatni taxlil qilish, moliyaviy ekspertiza va reviziya shaklida o‘tkaziladi.
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash
va malakasini oshirish instituti buxgalteriya va
reja-moliya bo‘limi hisobchisi - A.Alimov