+998 71 200 02 35

SIRDARYO VILOYATIDA SAYYOR MASHG'ULOTLAR BOSHLANDI

12.08.2024 1738

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi yuridik xizmati rahbarlari va xodimlarining malakalari oshirilmoqda.

“Huquqiy bilimlarni oshirish” bo‘yicha qisqa muddatli sayyor dars mashg'ulotlari doirasida tinglovchilar:

  • Ijtimoiy va huquqiy jihatdan kuchli himoya qilinishga muhtoj shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari;
  • Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash;
  • Yuridik xizmatning nizolarni muqobil hal etish bo‘yicha choralar ko‘rishdagi roli;
  • Fuqarolik sudlarida ish yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari;
  • Mehnat intizomini ta’minlash, davlat xaridlarini o‘tkazishni tashkil etish mexanizmlari va tartib-taomillari hamda boshqa sohaga oid mavzular yuzasidan malakalarini oshiradilar.