Yuristlar malakasini oshirish markazi va Germaniyaning Konrad Adenauer nomidagi jamg‘armasining “Osiyoda Qonun ustuvorligi” dasturi (Singapur) hamkorligida joriy yilning 16-17 yanvar kunlari "Olmos" konvension markazida tashkil etilgan “Davlat organlarida ma’lumotlar bilan ishlashda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilinishi va maxfiyligi huquqini ta’minlanishi” mavzusidagi seminar-trening o‘z ishini yakunladi.
Xorijiy va milliy ekspertlar ishtirokida Yuristlar malakasini oshirish markazi, TDYU huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi, Personallashtirish agentligi hamda O'zarxiv agentligi xodimlari uchun amaliy mashgʻulotlar davomida davlat organlarida shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash, shaxsga doir ma'lumotlarni himoya qilishni huquqiy tartibga solishning evolyutsiyasi va bu borada xalqaro tajribalar hamda zamonaviy yondashuvlar kabi qator mavzularda maʼruzalar tashkil etildi.
Maʼruzalar qiziqarli savol-javoblar va interaktiv mashgʻulotlar bilan boyitilgan boʻlib, ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda hayotiy tajribalari bilan oʻrtoqlashish imkoniyatiga ega boʻldilar.