+998 71 200 02 35

"Shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtiroki"

31.07.2023 956

Maqsud Saidov tomonidan o‘quv kurs olib borilmoqda

Avval ma‘lum qilganimizdek, "Shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtiroki" nomli qisqa muddatli o‘quv kursimizda amaliyotda uchrayotgan muammolarga yechim berishning muhim jihatlariga qaratilgan 2 kunlik o‘quv kurlarimizda advokatlarga puxta huquqiy bilimlar berilmoqda.

O‘quv shakli onlayin tarzda olib boriladi. O‘quv darsi quyidagi mavzular asosida bo‘lib o‘tadi:

  • Shartnomalarni tuzish, o'zgartirish va bekor qilish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtirokining o'ziga xos jixatlari.
  • Pudrat shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar, ularda advokatning yuridik yordami.
  • Lizing shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar va ularda advokatning yuridik yordami.
  • Xaq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar, ularda advokat ishtirokining muxim jixatlari.
  • Mahsulot etkazib berish shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar va ularda advokat ishtirokining o'ziga xos jixatlari.
  • Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtirokining muhim jixatlari

O‘quv kurslari yakunida belgilangan namunadagi SERTIFIKAT beriladi.

Kursga yozilish uchun :+998 (71) 234 53 46