Maqsud Saidov tomonidan o‘quv kurs olib borilmoqda
Avval ma‘lum qilganimizdek, "Shartnoma munosabatlaridan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtiroki" nomli qisqa muddatli o‘quv kursimizda amaliyotda uchrayotgan muammolarga yechim berishning muhim jihatlariga qaratilgan 2 kunlik o‘quv kurlarimizda advokatlarga puxta huquqiy bilimlar berilmoqda.
O‘quv shakli onlayin tarzda olib boriladi. O‘quv darsi quyidagi mavzular asosida bo‘lib o‘tadi:
- Shartnomalarni tuzish, o'zgartirish va bekor qilish yuzasidan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtirokining o'ziga xos jixatlari.
- Pudrat shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar, ularda advokatning yuridik yordami.
- Lizing shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar va ularda advokatning yuridik yordami.
- Xaq evaziga xizmat ko'rsatish shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar, ularda advokat ishtirokining muxim jixatlari.
- Mahsulot etkazib berish shartnomasi bo'yicha kelib chiqadigan nizolar va ularda advokat ishtirokining o'ziga xos jixatlari.
- Kredit shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarda advokat ishtirokining muhim jixatlari
O‘quv kurslari yakunida belgilangan namunadagi SERTIFIKAT beriladi.
Kursga yozilish uchun :+998 (71) 234 53 46