+998 71 200 02 35

Shanxaydagi muhim uchrashuv

19.06.2025 43

Shanxay shahrida bo‘lib o‘tayotgan forum doirasida Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazov Shanxay Jing'an notarial idorasi direktor o‘rinbosari Zheng Zhang bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Xitoy va O‘zbekiston notariat tizimining o‘ziga xos jihatlari, huquqiy xizmatlar sifati va ochiqligini oshirish bo‘yicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar sohada hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni bildirdilar.

Uchrashuv ikki tomonlama huquqiy muloqotni kengaytirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.