+998 71 200 02 35

#sayyor_oʻquv_trening

12.11.2022 1771

2022-yilning yanvar-oktabr oylarida Respublika boʻyicha qariyib 35 000 dan ziyod  nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Afsuski, hozirda har ming nafar aholiga toʻgʻri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 10% ni tashkil etmoqda.

Nikohdan ajralish holatlarini oldini olish hamda ushbu nizolarni mediasiya orqali muqobil hal etish koʻnikmalarni oshirish  maqsadida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Oila mediatsiyasi” boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari ishlab chiqilgan.

Mazkur kurs doirasida joriy yilning 12-noyabr kuni  Markaz dotsenti Sevarxon Maripova ishtirokida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi оilaviy ajrim koʻrsatkichi yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari uchun oʻquv seminar trening tashkil etildi. 

Unda viloyat adliya boshqarmasi, viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi. tuman hokimligi xotin-qizlar boʻlimi hamda mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlari faollari ishtirok etishdi.