+998 71 200 02 35

Samarqandda ochiq muloqot va hamkorlik

04.06.2025 112

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Yesemurat Kanyazovning Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga tashrifi davomida tizim xodimlari bilan ochiq va samimiy muloqotlarga boy uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, tashrif Samarqand shahar va tuman adliya bo‘limlari, shuningdek, Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishishdan boshlandi. Xodimlarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan masofaviy o‘quv kurslari, shuningdek, mk.uzmarkaz.uz platformasining amaliyotda qo‘llanilishi yuzasidan fikr va mulohazalar o‘rganildi.

Shundan so‘ng, viloyat adliya boshqarmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, nazariya va amaliyotni o‘zaro uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan ilgari surilgan taklif va mulohazalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur tashrif Institut bilan adliya organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.