+998 71 200 02 35

Qonunchilik hujjatlari ekspertizasi bo‘yicha malaka oshirish kursi boshlandi

20.10.2025 222

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida “Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini baholash, tizimlashtirish va ekspertizadan o‘tkazish” bo‘yicha mas’ul xodimlarning malakasini oshirish kursi o‘z faoliyatini boshladi.

Mashg‘ulot avvalida institut direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari R. Xursanov tinglovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tinglovchilarning taklif va fikrlari tinglanib, o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etish borasida muhokamalar olib borildi.

Mazkur kurs davomida ishtirokchilar qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish, tahlil qilish, ularning huquqiy ekspertizasini o‘tkazish hamda amaldagi me’yoriy hujjatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.

Institut tomonidan yaratilgan qulay sharoitlar, malakali trenerlar va zamonaviy yondashuvlar tinglovchilarga kasbiy salohiyatini yanada oshirish imkonini beradi.