Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan 2023-yil 26-yanvar kuni soat 10.00 da Markaz binosida “Mehnat qonunchiligini takomillashtirilishi: nazariya va amaliyot” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.
Konferensiya ishining asosiy yo‘nalishlari:
- Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) konvensiyalari asosida mehnat munosabatlarini huquqiy tartibga solish;
- ish beruvchi va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlari;
- sudlarda mehnat nizolarini ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyatlari;
- davlat fuqarolik xizmati va mehnat qonunchiligining o‘zaro munosabati;
- xodimlarni kasbga tayyorlash va ularning malakasini oshirishning yangi tizimi;
- ish bilan ta’minlash jarayonini raqamlashtirish istiqbollari;
- mehnat sharoitlari va qonunchiligiga rioya etilishini monitoring qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni;
- xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlashda kasaba uyushmalarining o‘rni.
Tadbir yakuni boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplami chop etilishi munosabati bilan ilmiy maqola va tezislarni elektron shakldaraqami (+9979-731-09-29) yoki z.raxmanov95@gmail.com elektron pochtasi orqali yuborish mumkin.