Dunyo miqyosida intellektual mulk bo'yicha advokatlar eng yuqori maosh oluvchi advokatlardan hisoblanadi.
Patent vakili - yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa tashkilotlar oldida intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza olish va uni amalga oshirish masalalari bo‘yicha vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs hisoblanadi. Ular Vazirlikda attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tgandan keyin patent vakillari sifatida faoliyatni amalga oshirishga haqlidir.
Yuristlar malakasini oshirish markazi patent vakili sifatida faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan shaxslarni "Patent vakilligiga nomzodlarni qayta tayyorlash" o'quv kursiga taklif etadi!
Patent vakili o‘z kasb faoliyatini ham mustaqil ravishda yakka tadbirkor sifatida, ham yollanish bo‘yicha ishlagan holda amalga oshirishi mumkin.
Mazkur kurs Patent vakilligiga nomzorlarni qayta tayyorlash, ularning intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza hamda himoya qilish sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, yangilash, kasbiy tayyorgarligining zamonaviy talablarga muvofiqligini hamda professional darajasining doimiy oʻsishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Oʻquv kurslari toʻlov-shartnoma asosida tashkil qilinadi. Bunda toʻlovni boʻlib toʻlash imkoniyati mavjud. Dars mashg'ulotlari Markaz professor-o'qituvchilari hamda sohaning boshqa yetakchi mutaxassislari tomonidan olib boriladi.
Batafsil ma'lumot uchun:
+998 91 191 47 84
+998 71 234 53 46