+998 71 200 02 35

PATENT VAKILLARINING MALAKALARI OSHIRILMOQDA

14.10.2024 1347

Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan patent vakillari uchun “Patent vakillarining malakasini oshirish” o'quv kursi bo'lib o'tmoqda.

 Dars mashg'ulotlari davomida tinglovchilar intellektual mulk sohasida qabul qilinayotgan yangi qonunlar va amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati hamda intellektual mulk sohasidagi nizolarni hal qilish masalalari yuzasidan malakalarini oshiradilar.

Unda markaz professor-o'qituvchilari bilan bir qatorda sudyalar, amaliyotchi mutaxassislar dars mashg'ulotlarini olib borishmoqda.