+998 71 200 02 35

“Oʻzbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi

29.11.2023 490

Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazida mamlakatimiz va xorijiy taʼlim muassasalari yetakchi olimlar, amaliyotchi-mutaxassislar va professor-oʻqituvchilar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi - mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi. 

Tadbirni Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori v.b. Shakir Saidov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi Jahongir Shirinov kirish soʻzi bilan ochib berdilar.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Adliya vazirligi va uning tarkibiy boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari, mahalliy ekspertlar, yetakchi olimlar, professor-oʻqituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Konferensiyadan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari kafolatlari, ijtimoiy davlat toʻgʻrisidagi gʻoyalarning ifodalanishi, Konstitutsiya normalarini sudlar tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllashga doir masalalar hamda sohaga doir xorijiy davlatlar tajribasi va amaliyoti asosida ilmiy-amaliy jihatdan muhokama etishdan iborat.

Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini kuchaytirish, sohaga oid huquqiy taʼlim va tadqiqotni rivojlantirish boʻyicha foydali tavsiyalar berildi.