+998 71 200 02 35

O‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

03.05.2024 154

Joriy yilning 3-may kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi va Turkiyaning energetika nizolari bo‘yicha arbitraj markazi o‘rtasidagi o‘zaro anglashuv Memorandumini onlayn imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markazlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish Arbitraj markazi uchun ham, Yuristlar malakasini oshirish markazi uchun ham muhim hisoblanadi. 

Shuningdek, mazkur anglashuv memorandumi keyingi birgalikdagi samarali ishlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini rivojlantirishga yordam beradi.