+998 71 200 02 35

“Ona tilim – qalbim gavhari”

20.10.2021 2592

“Oʻzbek tili bayrami” kuni munosabati bilan Yuristlar malakasini oshirish markazi ishtirokida A.Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan “Ona tilim – qalbim gavhari” mavzusida adabiy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.Tadbirda tilshunos va adabiyotshunos olimlar, yozuvchi va shoirlar, tarjimon va suhandonlar ishtirok etdilar.

Anjumanda mazkur kunning mamlakatimiz taraqqiyotida tutgan oʻrni, oʻzbek tilining boyligi va benihoya kuchi, uning hozirgi kunda barcha sohalarida rasmiy qoʻllanilayotgani, ish yuritish qogʻozlari davlat tilida yuritilayotgani, fan va adabiyotdagi rivoji toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Yuristlar malakasini oshirish markazi Ommaviy-huquqiy fanlar kafedrasi dotsenti, yu.f.n. Sh.Ganibayeva ona tilimizning oʻzbek millati, uning milliy qadriyatlari shakllanishi va milliy tilning barkamol avlod maʼnaviy tarbiyasida ahamiyati haqida soʻzladi.Oʻzbekiston Davlat drama teatri aktyori K.Rahmonovlar ijrosida oʻzbek mumtoz va lirik qoʻshiqlari kechaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.Tadbir doirasida mazkur sanaga bagʻishlangan “Ona tilim – qalbim gavhari” nomli kitob-rasmli koʻrgazma ochildi. Unda oʻzbek tiliga Davlat maqomi berilishi bilan bogʻliq tarixiy voqealar, boy va maftunkor oʻzbek tilining imkoniyatlari haqida hikoya qiluvchi kitoblar oʻrin olgan.