+998 71 200 02 35

Olti oylik an'anaviy qayta tayyorlash kurslariga kirish imtihon kunlari ma'lum

27.11.2025 43

Kurslarga kirish imtihonlari suhbat tarzida joriy yilning 28-noyabr va 1-2-dekabr kunlari o'tkaziladi. 

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni imtihonga o‘zlari bilan olib kelishlari lozim:  

* ID karta (pasport) asli va nusxasi;  

* oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (asli va nusxalari); 

* 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.  

Hujjat topshirgan barcha talabgorlardan tegishli hujjatlari bilan birga belgilangan vaqtda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Hamal ko‘chasi 29-v manziliga yetib kelishlarini so'raymiz. 

Imtihon aniq vaqti to‘g‘risida har bir talabgor kesimida xabar berildi!

Telefon raqamlar:

(99) 937-04-33

(98) 125-73-92