Kurslarga kirish imtihonlari suhbat tarzida joriy yilning 28-noyabr va 1-2-dekabr kunlari o'tkaziladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni imtihonga o‘zlari bilan olib kelishlari lozim:
* ID karta (pasport) asli va nusxasi;
* oliy ma'lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (asli va nusxalari);
* 3.5x4.5 o‘lchamdagi rangli fotosurat.
Hujjat topshirgan barcha talabgorlardan tegishli hujjatlari bilan birga belgilangan vaqtda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Hamal ko‘chasi 29-v manziliga yetib kelishlarini so'raymiz.
Imtihon aniq vaqti to‘g‘risida har bir talabgor kesimida xabar berildi!
Telefon raqamlar:
(99) 937-04-33
(98) 125-73-92


