+998 71 200 02 35

"Navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslarimiz yakunlandi"

01.12.2023 800

Avval xabar berganimizdek, 29-noyabr kunidan boshlab Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi yuridik xizmati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi boshlangan edi.

Unda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari fermer-dehqonlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish asosiy maqsad qilib olingan bo‘lib, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining yuridik boʻlim boshliqlarining malakalari oshirildi. Kurslarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat vakillari ishtirok etishdi.