Avval xabar berganimizdek, 29-noyabr kunidan boshlab Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi yuridik xizmati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi boshlangan edi.
![](https://telegra.ph/file/93a38b8757a2b551d965f.jpg)
Unda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari fermer-dehqonlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish asosiy maqsad qilib olingan bo‘lib, fermer xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlarining yuridik boʻlim boshliqlarining malakalari oshirildi. Kurslarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat vakillari ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/8af76e8098e9a7bc5ebd3.jpg)