Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tizimida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlarining malakalari oshirilmoqda.
“Davlat organlari va tashkilotlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ish olib boruvchi xodimlari malakasini oshirish” qisqa muddatli o'quv kursi tinglovchilar uchun murojaatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish jarayonida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yechimlari, murojaatlarni koʻrib chiqish borasidagi qonunchilikni qoʻllashga doir oʻz bilim va malakalarini oshirishiga koʻmak beradi.