+998 71 200 02 35

Muammolar joyida oʻrganilmoqda

18.08.2021 2691

Bugun halqimizni koʻp yillardan buyon tashvishga solib kelayotgan muammolarga yechim topilib, yurtdoshlarimizning farovon turmush kechirishi uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda.

Bu borada mahalla hududlarida huquqiy va ijtimoiy-siyosiy tadbirlar oʻtkazilishining ahamiyati katta boʻlyapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanidagi “Labzak” mahallasiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida Markaz xodimlari tomonidan fuqarolarga muammoli vaziyatlarni ijobiy va qonuniy hal qilishga yoʻnaltirilgan tegishli tavsiyalar berildi.

Kelgusida aholining ijtimoiy huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish belgilanib olindi.