+998 71 200 02 35

MARKAZDA PSIXOLOGIK TRENING

19.12.2023 1189

Malaka oshirish tizimida psixologik trening mashgʻulotlarining ahamiyati muhim hisoblanadi.

Joriy yilning 18-dekabr kuni Yuristlar malakasini oshirish markaz jamoasi uchun boʻlib oʻtgan "Jamoada sog‘lom ma'naviy va ishchan muhit yaratishning psixologik omillari" mavzusidagi treningda malaka oshirish tizimida oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilishning oʻziga xos boʻlgan psixologik jihatlariga urgʻu berildi.

Trening avvalida malakali psixolog Dilbar Xojimuxamedova barcha xodimlar ishtirokida qiziqarli psixologik test oʻtkazdi. Test sodda va oddiy koʻringan savollardan tuzilgan boʻlsa-da, insonni mantiqan fikrlashga undaydigan psixologik sinovlarga boy testlarni yechar ekan, har bir xodim oʻz xarakterini tahlil qilib, kelajagi uchun kerakli va zarur yoʻnalishlarni belgilab oldi.