+998 71 200 02 35

“Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish” mavzusida seminar-trening

08.08.2023 970

Mahalla xotin-qizlar faollarining psixologik bilimlarini shakllantirish, ularga fuqarolar bilan ishlashda nizoli vaziyatlarni oldini olish, bartaraf etish yoʻllarini oʻrgatish maqsadida, mamlakatimiz boʻylab mahalla xotin-qizlar faollari uchun ikki kunlik seminar-treninglar boshlandi.

Mazkur tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi oʻqituvchisi, tajribali psixolog Dilbar Xojimuxamedova oʻz maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Amaliy shaklda oʻtgan mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar nizoli, notinch oilalar bilan ishlash, ruhiy tushkunlikka tushgan shaxslarga koʻmaklashish, muloqot madaniyati, zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarga birinchi yordam koʻrsatish kabi koʻnikmalarga ega boʻldilar.