O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarda tashqi siyosat inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish prinsip va normalariga asoslanishini tashqi siyosat prinsiplariga qo‘shish, hech kim o‘zining fuqaroviy, huquqiy shartnomaviy majburiyatlarini bajara olmasligi sababli ozodlikdan mahrum etilmasligi, hech bir inson qiynoqlarga yoki shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoki jazoga tortilmasligi, har bir shaxs o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligini konstitutsiyaviy mustahkamlashga doir masalalar ilgari surilgan.
Shuningdek, har bir shaxs O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq, o‘z huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar tomonidan himoya qilinishi uchun murojaat qilishga haqliligi, qonunda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan barcha diniy tashkilotlarning faoliyat erkinligi kafolatlanishini nazarda tutuvchi takliflar ham kelib tushgan.
Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflarning salmoqli qismini inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga doir takliflar tashkil etishi ijtimoiy axborot tarmoqlarida yoritib borilmoqda.
Asosiy Qonunimizning yangilanishidan barcha fuqarolarimiz befarq emasligini Qonstitutsiyaviy komissiya tashkil qilinganidan uncha vaqt o‘tar-o‘tmas, salmoqli takliflar kelib tushganidan ko‘rish mumkin.
Axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni boshlanganidan beri xalq, keng jamoatchilik tomonidan Asosiy qonunga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish bo‘yicha juda ko‘plab fikr-mulohazalar, takliflar bildirilmoqda.
Shulardan, insonning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlarida barcha qarama-qarshiliklar va noaniqliklar inson foydasiga talqin qilinishi kerak degan mazmunda takliflar;
konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi, sudlar, barcha davlat organlari, davlat xizmatchilari Konstitutsiyaga bevosita amal qilishlari kerakligi — «Asosiy qonun oliy yuridik kuchga ega» deb qayd etish zarurligi borasidagi takliflar;
har kimning axborot resurslari, kommunikatsiya texnologiyalari va internetdan erkin foydalanish huquqiga egaligi, davlatning aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlash majburiyati, davlatning ishsizlik va kambag‘allikni tugatish uchun o‘zining barcha imkoniyatlaridan foydalanish majburiyati kabi takliflar;
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning nafaqat o‘zi, balki oilasini ham hayot kechirishi uchun yetarli miqdorda bo‘lishi kerak, buni Konstitutsiyada yozib qo‘yinglar, degan takliflar ham kelib tushmoqda. Shu bilan birgalikda davlatni aholi ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlarni Konstitutsiyada yozib qo‘yish kerak, ijtimoiy davlatning muhim belgilaridan biri degan mazmundagi takliflar;
konstitutsiyada har bir insonning sog‘lom va qulay atrof-muhitga, uning holati haqidagi haqqoniy axborotga ega bo‘lish hamda o‘z sog‘ligiga yoki mulkiga ekologik huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi kerakligi qayd qilinishi kerak degan takliflar;
davlat har bir bolani umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishi uchun davlatga qarashli maktabgacha ta’lim tashkilotlarida umumiy o‘rta ta’limga majburiy 1 yillik tayyorgarlikdan o‘tish huquqini kafolatlashi lozimligi, davlat iqtidorli yoshlarni ularning moddiy ahvolidan qat’i nazar, ta’limni davom ettirishni kafolatlashi kerak degan mazmunda ham takliflar;
davlat xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va investitsiyaviy muhit hamda sharoitlarni ta’minlashi, iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmasligi va boshqa takliflar bildirildi.
Bildirilgan takliflar inobatga olingan holda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamalari o‘tkazilmoqda.
Muhokamalarda Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar avvalo "Inson qadri uchun" tamoyilini ro‘yobga chiqarishga qaratilgani va uni Asosiy Qonunimizda mustahkamlab qo‘yilishi bilan ahamiyatlidir.
Shu o‘rinda aytish joizki, ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarga qaraganda, fuqarolar va xalq tomonidan kiritilgan takliflari asosida Konstitutsiyaviy Qonun loyihasida ko‘rsatilganidek, birinchidan, fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitutsiyaviy jihatdan kafolatlanishi kuchaytirilmoqda. Bunda:
– nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan turli cheklovlar o‘rnatish, shuningdek, ularning ob’ektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun sharoitlar yaratishdan bo‘yin tovlash taqiqlanmoqda;
– davlat aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarining hayoti sifatini oshirishga, ularga jamiyat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratishga hamda o‘zining hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi belgilanmoqda;
– davlat ijtimoiy xizmatlar tizimini rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratishi, davlat pensiyalarini, nafaqalarini va ijtimoiy yordam ko‘rsatishning boshqa turlarini tayinlanishi mustahkamlanmoqda;
– pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam ko‘rsatishning boshqa turlari rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan kam bo‘lishi mumkin emasligi aniq ko‘rsatilmoqda;
– homiladorligi yoki bolasi borligi sababli ayollarni ishga qabul qilishni rad etish, ularning ish haqini kamaytirishini taqiqlanishi, bolalar mehnatning eng yomon shakllaridan foydalanish qonunga binoan javobgarlikka sabab bo‘lishi Konstitutsiya bilan belgilanmoqda.
Ikkinchidan, kiritilayotgan o‘zgartirishlar oila institutini mustahkamlashga qaratilgan. Bunda:
– nikoh ayollar hamda erkaklarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanishi;
– davlat oilani to‘laqonli rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishi, ko‘p bolali oilalarga imtiyozlar hamda ijtimoiy kafolatlar berilishini ta’minlashi;
– bola manfaatlari, bolalarning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to‘laqonli rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishi ekanligi konstitutsiyaviy mustahkamlanmoqda.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning 53-moddasiga iqtisodiyot va tadbirkorlikka oid qator yangi normalar, xususan quyidagilar qo‘shiladi:
Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga, tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi.
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi.
Konstitutsiyaga yangi 531-modda qo‘shiladi va quyidagicha ifodalanadi:
Hech bir shaxs o‘z mol-mulkidan sudning qarorisiz mahrum etilishi mumkin emas. Mulkni jamoat ehtiyojlari uchun majburiy ravishda boshqa shaxsga o‘tkazish qonunda nazarda tutilgan alohida hollarda hamda tartibda uning o‘rnini oldindan va teng qiymatda qoplash sharti bilan amalga oshirilishi mumkin.
Asosiy Qonunimizning 55-moddasiga quyidagicha normalar qo‘shiladi:
Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi.
55-moddasiga esa, quyidagicha normalar qo‘shiladi:
Yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk ham bo‘lishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, o‘rmon fondi davlatga tegishli bo‘lib, tadbirkorlik sub’ektlariga ijara shartnomalari asosida ajratiladi.
Umuman olganda, fuqarolarning takliflari asosida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bilan yangilanayotgan Konstitutsiyamizning mualliflari halqimiz bo‘lib hisoblanadi.
Konstitutsiyamizni yangicha yaratilayotganligini kuzatib borayotgan chet ellik mutaxassislar va kuzatuvchilarning fikrlaricha, bunday Asosiy Qonunni referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinishi hali jahon tajribasida bo‘lmaganligi, O‘zbekiston esa, o‘zining bu boradagi tajribasi bilan butun jahonda o‘rnak bo‘layotganligi e’tirof etilmoqda.