+998 71 200 02 35

“Konstitutsiya koʻchasi” tashkil etildi

05.12.2024 911

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash maqsadida joylarda tashkiliy-amaliy hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarali tashkil etilmoqda.

Joriy yilning 5-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh koʻchasi va barcha hududlarning markaziy koʻchalarida “Konstitutsiya ko'chasi” bo'lib o'tdi.

Tadbir doirasida Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan fuqarolarning huquqiy bilim va koʻnikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida “Konstitutsiya koʻchasida” maxsus burchak tashkil etilgan boʻlib, unda davlat tashkilotlari va fuqarolarga markaz faoliyati hamda oʻquv kurslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.