+998 71 200 02 35

#konferensiya

24.09.2023 1781

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi hamda “Mintaqaviy muloqot” XNNT tomonidan tashkil etilgan “SUD EKSPERTIZA SOHASINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Tadbirda milliy va xalqaro ekspertlar ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda.

Konferensiyaning maqsadi - O‘zbekistonda sud ekspertiza faoliyatining bugungi holati va muammolarini muhokama qilish, sohada amalga oshirilgan islohotlarni keng jamoatchilikka, xususan xorijiy hamkorlar e’tiboriga yetkazishdan iborat.

Shu bilan birga xorijiy sud ekspertiza muassasalarida mavjud ilg‘or tajribani O‘zbekistonga tadbiq etish, uni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun muhokama maydonini yaratish, konferensiya yakunlari bo‘yicha materiallar to‘plamini tayyorlash va manfaatdor tashkilotlar e’tiboriga yetkazishdan iborat.