+998 71 200 02 35

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish

17.07.2023 891

Takidlash joyizki mamlakatda ijtimoiy muxitni yaxshilash jamiyat ravnaqi uchun sezilarli darajada tasir ko‘rsatadi. Bugungi zamonaviy davrda xotin-qizlar va bolalar xuquqini muhofaza qilish eng oldi masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. To‘g‘ri bu yo‘nalishda xozirgacha qonun hujjatlarida tegishli normalar bo‘lgan va ular ishlab kelgan, biroq bunga qaramay jamiyatda bazi salbiy holatlarni ham o‘chratib turibmiz.

Tan olish kerak oiladagi zo‘ravonlikdan birinchi navbatda ayol jabir ko‘radi. Jumladan ayollarning huquqlari buzilishi, o‘zidan va xayot tarzidan qoninqmaslik kabi xolatlar vujudga keladi. Natijada esa ayolda muntazam ravishta strees, voyaga yetmagan farzandlari bilan kelishmoqchiliklar o‘z joniga qasd qilish kabi fojiali holatlar bilan yakun topadi. Yuqoridagi holatlarga yagona yechim, sohadagi bo‘shliqlarni to‘ldirish va kerakli normalarni qonunda belgilash bo‘ladi.

Bu muammoga davlatimiz rahbari alohida e’tibor qaratgan bo‘lib davlat organlari va tashkilotlari tomonilan qator o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari va xalqaro tajriba natijasida biz kutgan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respubdikasi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonun bilan jami 9 ta boshqa qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Shuningdek qonunga yuqorida tilga olgan oilaviy zo‘ravonlik tushunchalari kiritilib bunday huquqbuzarlik uchun tegishli jazo choralari qo‘shildi. Mazkur huquqbuzarlik uchun yengillashtiruvchi holatlar qo‘llanilmasligi nazarda tutildi.

Qonunnig muhim jihatlari shundaki, endilikda;

·        Jinsiy zo‘ravonlik, shu jumladan, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan endilikda qonunchilikda ko‘zda tutilgan yengilliklar berilmaydi

·        Voyaga yetmaganlar bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilmasligi hamda ularga nisbatan kuchliroq jazo choralari ko‘zda tutilmoqda.

·        Xotin-qizlarga nisbatan “shilqimlik” qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

·        Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchiga beriladigan himoya orderining muddati sud tomonidan 1 yilgacha uzaytirildi hamda tazyiq o‘tkazgan yoki zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha cheklovlar o‘rnatildi.

Qonun xotin-qizlar va bolalarga nisbatan shilqimlik hamda zo‘ravonlikning oldini olishga, oilalardagi axloqiy muhitni yaxshilashga, bolalar va xotin-qizlar huquqlari bilan bog‘liq faoliyatining huquqiy asosi bo‘lib hizmat qiladi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi xodimi

Nuriniso Nurmuhammedova