+998 71 200 02 35

Institut va Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi

19.11.2025 82

Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Mayer Brown yuridik firmasi o‘rtasida yuridik ta’lim va malaka oshirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi belgilangan:

xalqaro savdo huquqi, JST nizolari va zamonaviy tendensiyalar bo‘yicha yuridik salohiyatni oshirish;

Mayer Brownning yetakchi mutaxassislari ishtirokida ma’ruzalar, mahorat darslari va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;

vebinarlar, davra suhbatlari hamda ikki tomonlama o‘quv tashriflarini amalga oshirish;

ilmiy, huquqiy va axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish;

qisqa, o‘rta va uzoq muddatli qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.

Ushbu kelishuv Institutning xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi navbatdagi muhim qadamidir.