+998 71 200 02 35

Institut delegatsiyasining Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrifi

16.05.2025 330

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti jamoasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Akademiya tajribasi bilan yaqindan tanishish hamda tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.

Dastlab, mezbonlar tomonidan Akademiya faoliyatiga bag‘ishlangan videorolik va taqdimot namoyish etildi. Shundan so‘ng, mehmonlar uchun Akademiya binosi bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.

Ekskursiya davomida amaliy mashg‘ulot xonalari, axborot-resurs markazi, sud zallari kabi zamonaviy infratuzilmalar bilan yaqindan tanishildi. Institut delegatsiyasi tomonidan Akademiyada olib borilyotgan ta’lim jarayoni, ilmiy va intellektual salohiyati hamda yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berildi.

Mazkur tashrif ikki muassasa o‘rtasidagi tajriba almashuvini kuchaytirish va yangi loyihalarni boshlash uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.