2021-yil 26-avgust kuni Yuristlar malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan “Mustaqil Oʻzbekiston davlatchiligi va huquqiy tizimi: nazariy asoslar va rivojlanish jarayonlari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur konferensiyada koʻtarilgan mavzular asosida toʻplam tayyorlanib, nashr etildi. Toʻplamga kiritilgan materiallar mustaqillik yillaridagi jarayonlar va qoʻlga kiritilgan yutuqlar, davlat oliy hokimiyati organlari shakllantirilishi va mustahkamlanishi, milliy davlatchilik va huquqiy tizimda qoʻlga kiritilgan yutuqlar hamda kelgusidagi istiqbollar, Yangi Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish strategiyasi yoʻnalishlaridagi fikr-mulohazalarga bagʻishlangan.
Toʻplamdagi materiallardan huquqshunoslik yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda tinglovchi-talabalar foydalanishlari mumkin.