+998 71 200 02 35

“IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI”

16.08.2023 1304

“Ijro intizomi” —davlat organlari faoliyatida muhim vazifa hisoblanadi. 

 Shaxsiy masʼuliyat, temir intizom, kasbiy gʻurur va professional mahorat — ijro intizomining mustahkam poydevoridir.

Bugungi kunda davlat organlarida ijro intizomiga masʼul boʻlgan xodimlarning bilim va malakasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda “IJRO INTIZOMI – SAMARADORLIK OMILI” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda Respublikamizning 50 dan ortiq vazirlik, idora va tashkilotlari, oliy taʼlim muassasalari, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek Yuristlar malakasini oshirish markazi professor-oʻqituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda barcha sohalarda hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishi, Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va (yigʻilish bayonlari) topshiriqlarining ijrosini belgilangan muddatlarda, toʻlaqonli va sifatli taʼminlash hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan barcha darajadagi rahbar va mutaxassislarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.