+998 71 200 02 35

HUQUQIY TA’LIM SOHASIDA YANGI HAMKORLIK

03.06.2025 130

Bugun, 2025-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti va “Samarqand xalqaro salomatlik fanlari oliy maktabi” MCHJ shaklidagi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi o‘rtasida tibbiyot va salomatlik huquqini ilmiy hamda axborot-metodik ta’minlash sohasida huquqiy ta’lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Ushbu hujjat ikki muassasa o‘rtasida:

qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish,

Germaniyaning nufuzli mutaxassislarini jalb etish,

darsliklar va qo‘llanmalar tayyorlash,

ilmiy-amaliy tadbirlarni tashkil qilish kabi yo‘nalishlarda uzoq muddatli hamkorlikni nazarda tutadi.

Imzolash marosimi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi.