Yuristlar malakasini oshirish markazi ishchi guruhi tomonidan Adliya vazirligi hayʼat qarorida belgilangan vazifaning ijrosini taʼminlash maqsadida, Markaz hududiy filiallariga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Joriy yilning 30-noyabr kuni Markaz direktor oʻrinbosari K.Islamov va Markaz masʼul xodimi O.Tohirov tomonidan
Yuristlar malakasini oshirish markazi Jizzax viloyati hududiy filiali faoliyati oʻrganilib chiqildi.
Filial masʼullariga yetarli shart-sharoitlar yaratib berish va ularning muammolariga oʻz vaqtida yechim topish zarur vazifalardan sanaladi. Qish mavsumiga tayyorgarlik holati koʻzdan kechirildi.
Shu bilan birga, hududda huquqni qoʻllash amaliyotidagi mavjud muammolardan kelib chiqib, tashkil etilishi lozim boʻlgan yangi mavzulardagi kurslar boʻyicha tegishli tashkilot masʼul xodimlarining takliflari olindi va ular bilan fikr almashildi.